About
Men Tohirov Muhammaddiyor Shuhrat o'g'li — Toshkentda yashovchi, 4+ yillik tijoriy tajribaga ega full‑stack TypeScript dasturchiman. 2019-yildan beri Node.js, TypeScript, React/Next.js, Vue/Nuxt va PHP/Laravel bilan e‑commerce platformalar, korporativ saytlar va ichki tizimlar ustida ishlayman.
Faoliyatim davomida Zakiy, Adson, JOBO va Infoshop kabi kompaniyalar uchun backend va frontend qismlarini ishlab chiqqanman: REST API lar, Telegram botlar (jumladan Web App), SEO va SSR optimizatsiyasi, hamda biznes jarayonlarini avtomatlashtirishga qaratilgan yechimlar.
Shaxsiy loyihalarim orasida mening portfoliom va blogim bo'lgan takhirov.uz, grammY asosidagi telegram-bot-starter va kompilyatorlar dunyosiga kirish sifatida jovo-lang loyihalari bor. Maqsadim — foydalanuvchilar uchun qulay, tezkor va ishonchli tizimlar yaratish, shu bilan birga yaxshi developer tajribasini (DX) ta'minlash.