Kontentga o'tish
Qaydlar

Next.js: noma'lum [lang] bosh sahifani 200 bilan qaytarardi

Saytda /feed.xml yoki /wp-login.php ochilsa, 404 o'rniga bosh sahifa 200 status bilan chiqardi. Sabab: [lang] segmenti istalgan qiymatni qabul qiladi, proxy.ts esa nuqtali manzillarni o'tkazib yuboradi.

Yechim bitta qator: generateStaticParams bor layout'da noma'lum parametrlarni taqiqlash.

src/app/[lang]/layout.tsx
export const dynamicParams = false;
 
export function generateStaticParams() {
  return locales.map(lang => ({ lang }));
}

Endi faqat uz va en mavjud, qolgani haqiqiy 404.

  • nextjs
  • seo